56 yoshli amerikalik xonanda Madonna Londonda bo‘lib o‘tgan o‘ttiz beshinchi Brit Awards musiqiy mukofotini topshirish marosimidagi chiqishida zinadan yiqilib tushdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
https://www.youtube.com/watch?v=D4C58lLNO6Q
Uzun yopinchiqda bo‘lgan Madonna Living For Love qo‘shig‘ini ijro etib, shohsupaga ko‘tarilgan. Reja bo‘yicha raqqoslardan biri uning ustidagi kiyimni mahorat bilan sug‘urib olishi kerak bo‘lgan, biroq buning o‘rniga Madonnaning o‘zi orqaga ketib qolgan. Zinaning uchta pog‘onasidan yiqilgan qo‘shiqchi sahnaga qulagan.
Madonna yiqilishi bilan qo‘shiq aytishdan to‘xtagan, biroq taxminan bir daqiqa o‘tgach u o‘ziga kelgan va chiqishini davom ettirgan.
Izoh (0)