Ukraina Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yevgeniy Perebiynis Rossiya Ukraina shaharlaridagi teraktlarga aloqador ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Rossiya Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirish uchun istalgan bahodagi urinishlarni amalga oshiryapti. Bular jumlasiga mamlakat sharqidagi qurolli mojaro hududi tashqarisida ham teraktlar uyushtirish ham kiradi”, − dedi Perebiynis.
Qayd etilishicha, 22-fevral kuni Ukrainada hukumat o‘zgarishining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marshda portlash sodir etilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. 23-fevral kuni Ukraina Ichki ishlar vazirligi Mariupolda teraktning oldi olinganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)