Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri Toshkent ko‘chalaridagi Tatariston taksisi fotosuratlarini tarmoqqa chiqardi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Foydalanuvchilardan biri Chilonzor tumanida Rossiya davlat raqamiga ega, yon tomonlariga “Taksi Tatarstan” deb yozilgan va Qozon shahri telefon raqamlari tushirilgan avtomobilga ko‘zi tushganini qayd etgan.
Rossiya taksisi Toshkentga qanday kelib qolgani va uni kim boshqarayotgani haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)