Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bugun, 25-fevral kuni o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilishi ko‘zda tutilgan. Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoada vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Chiprian Panait g‘alabaga umid qilayotganini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“Bu mening jamoa bilan bor-yo‘g‘i ikkinchi o‘yinim bo‘ladi. ‘Al-Ahli’ga qarshi milliy chempionat o‘yini (1:1) uchun meni maqtaganlarga minnatdorchilik bildiraman.
‘Al-Hilol’ o‘yinchilarining ko‘pchiligi Osiyo kubogi – 2015da O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. Bu esa bizga raqibni yaxshiroq bilishda yordam beradi. Men raqib jamoani o‘rgandim. ‘Lokomotiv’ yaxshi jamoa, uning safida bir necha kuchli o‘yinchilar bor. Umid qilaman, jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijani qo‘lga kiritadi”, – dedi ruminiyalik mutaxassis.
Izoh (0)