YeChL 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 1:2 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Dastlab, o‘yinning 16-daqiqasidayoq tinib-tinchimas Luis Suares raqib himoyachisining xatoasidan unumli foydalanib, o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 14 daqiqaga o‘tgach, yana urugvaylik hujumchining o‘zi Xordi Albaning “Siti” jarima maydonachsiga uzatgan to‘pini, Xart qo‘riqlayotgan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi – 0:2. Tanaffusga qadar, mazkur hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘limda, mezbonlar nihoyat jonlanishdi. Edin Jekoda ter Stegen darvozasini ishg‘ol etish uchun juda qulay vaziyat yuzaga keldi, ammo uning zarbasidan to‘p to‘p to‘g‘rigina germaniya posbonnig qo‘liga borib tushdi. Shunday bo‘lsada, “Siti“ baribir bitta golga javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Serxio Aguero jamoasining tezkor hujumi evaziga, raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi - 1:2.
Oradan besh daqiqa o‘tgach, maydon egalari o‘n kishi bo‘lib qolishdi. Gael Klishi Dani Alvesga qarshi o‘yin qoidasini ko‘pol tarzda buzgani uchun ikkinchi sarik kartochka jazolandi. Bu esa avtomatik tarzda qizil kartochkaga aylandi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa “Barsa” penalti tepish huquqiaga ega bo‘ldi. Biroq, Leo Messi 11 metrlik nuqtadan Xartni dog‘da qoldira olmadi.
YeChL. 1/8 final. Dastlabki uchrashuv
“Manchester Siti” Angliya – “Barselona” Ispaniya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Suares, 0:2 – 30 Suares, 1:2 – 69 Aguero.
“Manchester Siti” – Xart, Sabaleta, Demichelis, Kompani, Klishi, Fernando, Silva (Sanya, 78), Nasri (Fernandino, 62), Milner, Aguero, Djeko (Boni, 68).
“Barselona” – ter Stegen, Dani Alves (Adriano, 75), Buskets, Pike, Alba, Inesta, Maskerano, Rakitich (Mate, 71), Neymar (Pedro, 80), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Rakitich (41), Dani Alves (45), Klishi (59), Adriano (88), Fernando (90).
Chetlatish: Klishi (74).
Izoh (0)