Avstraliyaning Jelong shahri yaqinidagi fermada yashaydigan 15 yoshli Sem Boks maktabdan qaytayotib, oilasiga tegishli yo‘ltanlamas avtomobil rulida o‘tirgan “o‘g‘ri” koalani ko‘rib qoldi, deb xabar bermoqda Meduza.
U koalani bir necha marta suratga tushirib, ularni 9news tahririyatiga jo‘natgan.
O‘quvchi koalani shovqin bilan qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, lekin bu foyda bermagan. Boks avtomobil eshigini ochgach esa koala tushib, ketib qolgan.
Izoh (0)