Toshkentdagi “Taxta bozor” yaqinida yuk mashinasi va avtokran ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Guruhga joylashtirilgan suratlarda yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratuvchi beton to‘siq ustiga chiqib ketgani ko‘rinib turadi. Shuningdek, yuk mashinasining to‘siqqa urilmagan tomoniga ham zarar yetgani aks etgan bo‘lib, bu oldinroqdagi avtokran bilan to‘qnashuv oqibatida sodir bo‘lganini taxmin qilish mumkin.
Suratlarga izoh qoldirgan foydalanuvchilar ushbu yo‘l-transport hodisasi yuk mashinasi haydovchisining tezlikni oshirishi oqibatida sodir bo‘lganini qayd etgan.
Izoh (0)