Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “Qrimdagi fojeaviy hodisalarning bir yilligi munosabati bilan Ukraina xalqiga murojaati”da Qrimni Kiyev nazoratiga qaytarishga va’da berdi.
“Qrimning svilizatsiyaviy taraqqiyoti, uning boy salohiyatini amalga oshirish faqatgina mustaqil va bo‘linmas Ukraina tarkibida mumkin bo‘lishiga aminman. Ukraina vaqtinchalik egallangan hududlar ustidan nazoratini tiklaydi. Bu tez va oson bo‘ladi, demayman. Biroq bu albatta amalga oshadi. Biz birgalikda yangi Qrimni quramiz, unda Qrimning tub xalqi va yarimorolning butun aholisi millati, tili va dinidan qat’i nazar huquq va manfaatlari ta’minlanadi”, − dedi Poroshenko.
Shuningdek, u Qrimning tub aholisi bo‘lgan Qrim tatarlari Stalin repressiyasi vaqtida Sobiq Ittifoqning olis hududlariga surgun qilingani, Ukraina mustaqillikka erishgach, ularni o‘z yurtlariga qaytarish uchun imkoni boricha yordam berganiga alohida urg‘u qaratgan.
Izoh (0)