19−23-fevral kuni Vengriyaning Eger shahrida bo‘lib o‘tgan paralimpiya dzyudosi bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Erkaklar orasida Sherzod Namozov (-60 kg), Nurbek Berdiyorov (-66 kg) va Sharipov Shirin (-100 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Feruz Saidov (-73 kg) kumush medal sohibiga aylandi. Ayollar orasida esa Tursunposhsha Nurmatova (-63 kg) oltin, Gulrux Rahimova (-70 kg), Hayitjon Alimova (+77 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi 31 mamlakat ichida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa o‘zbekistonlik paralimpiya dzyudochilari 2016-yilda Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yan bir qadam yaqinlashdi.
Izoh (0)