LG Electronics kompaniyasi MWC 2015 Xalqaro mobil kongressida Android Wear operatsion tizimida ishlovchi metall korpusli premium-klassdagi yangi taqiladigan qurilma LG Watch Urbane’ni taqdim etadi.
Nomidan bilinib turganidek, ushbu aqlli soatlar nozikta’b shaharliklar uchun yaratilgan bo‘lib, ularga texnologiyalar va unumdorlikning mukammal darajasini taklif etadi. LG Watch Urbane ham uslub, ham eng so‘nggi texnologik yutuqlarni muhim deb hisoblovchilar uchun ideal tanlov bo‘ladi.
LG Watch Urbane 2014-yil oktabrida chiqarilgan ilk aylana plastik OLED (P-OLED) ekranli aqlli soatlar − LG Watch R izidan boradi. Faol hayot tarziga ega insonlar uchun mo‘ljallangan LG Watch R bilan taqqoslaganda yangi soat rasmiyroq uslub va korpus qalinligining kamligi bilan farqlanadi. Shu tariqa, LG Watch Urbane ham erkaklarga, ham ayollarga bemalol mos keladi.
Lyuks klassdagi soat modellari dizayni izidan borib, LG kundalik hayotga uslub va qulaylikni qo‘shish maqsadida innovatsiya funksiyalari va klassik tashqi ko‘rinish uyg‘unligini taklif qildi, bir paytning o‘zida avvalgi model tomonidan o‘rnatilgan yuqori plankani yanada ko‘tardi.
LG Watch Urbane soatlari LG Watch R modelidagi kabi 1,3 dyuymli aylana P-OLED ekraniga ega, biroq yangi modelning ingichkaroq ramkalarga egaligi unga nafisroq ko‘rinish beradi. LG Watch Urbane eng zo‘r soatlarning barcha belgilariga egaligi ularni benuqson moda aksessuariga aylantiradi.
Zanglamas po‘latdan ishlangan korpus kumush va oltin ranglarida taqdim etilgan va tabiiy teridan ishlangan klassik fasondagi chiroyli tikilgan bog‘ich bilan to‘ldirilgan. Soat bilan 22 millimetr qalinlikdagi boshqa istalgan bog‘ichni ham vaziyat va kayfiyatga qarab ishlatish mumkin.
Sensorli boshqaruvga asoslangan tushunishga juda oson foydalanuvchi interfeysiga ega LG Watch Urbane Android 4,3 va undan yuqori operatsion tizimda ishlaydigan smartfonlar bilan ishlaydi.
G Watch R kabi Android Wear platformasidagi yangi qurilma modelida ham sport bilan shug‘ullanish vaqtida egasining yurak urishi va pulsini o‘lchaydigan fotopletizmografik (PPG) sensorga ega. Orqa fon rejimida real vaqt bo‘g‘iq yorug‘lik bilan ifodalanadi, bu esa akkumlyator zaryadini tejash imkonini beradi.
“LG Watch Urbane soatining klassik dizayni va aqlli funksiyalari uni soddaroq va kundalik hayot uchun chiqarilgan G Watch va G Watch R soatlarini o‘z ichiga oluvchi modellar qatorining ideal davomiga aylnatiradi. LG Watch Urbane bizning nafaqat elektron gadjetlar, balki kundalik aksessuarlar sifatida qabul qilinadigan va ishlatiladigan taqiluvchi qurilmalar bo‘yicha strategiyamizni amalga oshirishda muhim qadamdir”, − dedi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi prezidenti va bosh mansabdori Juno Cho.
Qo‘shimcha tafsilotlar, jumladan, qurilmaning narxi mahalliy bozorlarda sotilishi boshlangan vaqtda qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.
Texnik xususiyatlari:
- Protsessor: 1,2 GGers Qualcomm® Snapdragon™ 400
- Operatsion tizim: Android Wear™
- Ekran: 3 dyuymli P-OLED ekran (320 x 320, 245ppi)
- O‘lchamlari: 45.5 x 52.2 x 10.9 mm
- Xotira: 4 Gb eMMC / 512 Mb LPDDR2
- Batareya: 410 mA/soat
- Sensorlar: 9 o‘qli (Giro / Akselerometr / Kompas) / barometr / PPG (yurak ritmi sensori)
- Ranglar: Oltin/Kumush
- Boshqa: Chang va namga chidamlilik (IP67)
Izoh (0)