Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichi davom etmoqda. Sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o‘tayotgan nufuzli musobaqada hamyurtimiz 2004-yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Ilk turni oq donalarda o‘ynashiga qaramay boy bergan hamyurtimiz 16-fevral kuni o‘tkazilgan 2-turda biroz kutilmagan natija qayd etdi. Qosimjonov qora donalarda o‘ynashiga qaramay, Shaxriyar Mamadiyarovni mag‘lub etdi. Ozarbayjonlik grosmeyster ilk turda qora donalarda fransiyalik Maksim Vashe-Lagravdan ustun keldi. Kechagi qolgan barcha partiyalar durang natija bilan yakunlandi.
Bugun, 17-fevral kuni Rustam Qosimjonov 3-turda oq donalarda gollandiyalik Anish Giri bilan hisob-kitob qiladi. Bugun tur oldidan hamyurtimiz bir ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kuchli uchlik borayotgan Yevgeniy Tomashevskiy, Aleksandr Grishuk va aynan Ani Giri hisobida 1,5 tadan ochko bor.
Izoh (0)