14-fevral kuni Jizzax viloyati hokimligi binosi yonida joylashgan Kengashlar uyi binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Yong‘inga elektr energiyasini kunduzgi vaqtinchalik o‘chirish paytida o‘chirilmay qolgan elektr isitish qurilmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Yong‘in ertalabki soat 4:00 dan keyin sodir bo‘lgan, u soat 6:00 gacha o‘chirilgan. Binoga moddiy zarar yetgan, jabrlanuvchilar yo‘q.
Qayd etilishicha, Kengashlar uyi binosida qator viloyat boshqarmalari, korxona va tashkilotlar joylashgan.
Izoh (0)