General Motors kompaniyasi 2017-yildan Chevrolet Bolt avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda “Za rulyom” sayti.
GM Korea tomonidan ishlab chiqilgan Chevrolet Bolt bir marta to‘ldirilgan quvvat bilan 320 kilometr masofani bosa oladi. Yangi elektrokrossoverning narxi 30 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish Detroytdan 60 kilmetr uzoqlikdagi kichik zavodda, Chevrolet Sonic va Buick Verano chiqariladigan joyda amalga oshiriladi.
Chevrolet Bolt modelining ilk namunalari 2016-yil oktabrda konveyerdan chiqishi rejalashtirilmoqda. Eksport ham hisobga olinganda yiliga 25−30 mingta elektromobil sotish ko‘zda tutilmoqda. Texnik jihatdan ushbu avtomobilga yaqin Opel Karl aynan qachondan chiqarila boshlashi hozircha noma’lum.
Izoh (0)