Minskda Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “normandcha format”dagi muzokaralarda omma oldida hujjat imzolanishga tayyorlangan edi, biroq ayirmachilar tufayli bu barbod bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Nashrning diplomatik manbalarga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, yetakchilarning Putin bilan kelishgan hujjatini “Donetsk Xalq Respublikasi” va “Lugansk Xalq Respublikasi” vakillari Zaxarchenko va Plotnitskiy imzolamaydi. “Bu kelishuvlarni barbod qilish uchun ishlayotgan va go‘yoki “DXR” va “LXR” muzokaralarning alohida subyekti ekanligini ko‘rsatishni maqsad qilgan rossiyaliklarning ko‘rsatmasi bilan qilinmoqda”, − deyiladi manbada.
Shuningdek, yevropalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, “eng muhim pallada arzon teatr ko‘rsatilmoqda. Biroq tinchlik Rossiya va tarafdorlarining mafaatlariga mos emasligi hammaga ayon bo‘lgan”.
Izoh (0)