Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh savdo vakolatxonasi yana Rossiyani intellektual mulk huquqi faol ravishda buziladigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. “301-ro‘yxat” deb nomlanuvchi ushbu hujjatda Rossiya Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Chili bilan birga birinchi pog‘onalarni egalladi.

Foto: vedomosti.ru

Foto: vedomosti.ru

Hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib, mualliflar huquqlarini himoya qilish majburiyatini olgan bo‘lsa-da, bu mamlakatda onlayn-qaroqchilik jiddiy muammoligicha qolmoqda.

AQSh savdo vakolatxonasi o‘z ro‘yxatiga “VKontakte” va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlarini ham kiritdi. Ta’kidlanishicha, ularda litsenziyaga ega bo‘lmagan qo‘shiq, film va seriallarni tarqatishga ruxsat berib qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi