“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 22-turida “Atletik” darvozasiga jarima zarbasidan gol urdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”
Shu tariqa, argentinalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida o‘zining jarimadan 12-golini urdi. Bu orqali u Rivaldodan (11 ta gol) o‘tib ketdi. Undan tashqari Duda va Asunsao hisobida jarimadan urilgan 12ta gol bor.
So‘nggi 20 yil ichida Messidan ko‘ra La ligada jarima zarbasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri golga aylantirganlar orasida 3 nafar futbolchi bor: Krishtianu Ronaldu va Ronaldinyo (ikkisi — 15 tadan) hamda Roberto Karlos (16 ta).
Eslatib o‘tamiz, Messi ushbu mavsumda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.
Izoh (0)