Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning 10 yoshli qizi Sofiya “Golos. Deti” teleshousida o‘z omadini sinab ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Sofiya sahnada Sunny qo‘shig‘ini ijro etgan. Tanlov shartlariga binoan, ishtirokchilar kuylayotganda hakamlar orqaga qarab o‘tiradi. Ovoz va ijro yoqsagina ular o‘giriladi va qatnashchida keyingi bosqichga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ladi. Biroq 4 nafar hakamning birortasi Sofiyaga o‘girilmagan.
Ijro yakunida hakamlar Ukraina bosh vazirining qiziga o‘girilmaganini bilgach, hayratda qolishdi. Shundan keyin uni turli xushomadlar bilan ovuntirishga harakat qilishdi. Bu paytda sahna ortida Arseniy Yatsenyuk va rafiqasi qizni kutib turgan edi. U chiqib ketgach, ota-onasi Sofiyani yupatgan.
Izoh (0)