“Buxoro” Toshkent shahridagi yig‘inda juda ko‘p futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olyapti, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Kecha, 6-fevral kuni jamoani ikki legioner — Bogdan va Chemertan tark etdi. Qayd etilishicha, ulardan biri jarohat tufayli, ikkinchisi esa murabbiylarga ma’qul bo‘lmagani sababli jamoadan ketgan.
Jamoa bilan kuni kecha kelishuvga erishgan tajribali hujumchi Zayniddin Tojiyev kelasi mavsumni rasman “Buxoro” futbolchisi sifatida boshlaydi.
Oliy ligada “Akademiya”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Sho‘rtan”, “Neftchi”, “Dinamo” kabi klublar sharafini himoya qilgan katta Tojiyev qator nazorat uchrashuvlaridan so‘ng murabbiylarda iliq taassurot qoldira oldi. Yakunlangan mavsumda “Dinamo” tarkibida o‘ynagan hujumchi 25 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi.
Jamoa yana bir tajribali himoyachi bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘ldi. Mavsumni “Neftchi”da yakunlagan Vyacheslav Ponamaryov hozirgi kunda “Buxoro” mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Uning xatti-harakatlari murabbiylarga ma’qul kelmoqda. Ponamaryov yangi mavsumni juda katta ehtimol bilan “Buxoro”da boshlashi kutilmoqda.
Izoh (0)