Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi kecha, 6-fevral kuni Antaliyadagi yig‘in doirasida ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. O‘yinlar Polshaning “Legionovia” va Xitoyning “Chanchun Yatai” klubiga qarshi o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Birinchi uchrashuvning 36-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” hujumchisi Temur Ayupov hisobni ochdi. 90-daqiqada polshaliklar javob to‘pini kiritdi — 1:1.
“Bunyodkor” — “Legionovia”: (Polsha) 1:1
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Xayrulla Karimov, Anvar G‘ofurov, Obid Jo‘raboyev, Dilyorbek Ermatov, Dilshod Jo‘rayev, Mirjamol Qosimov, Otabek Shukurov, Zabihillo O‘rinboyev, Temur Ayupov, Eldor Shomurodov.
Zaxira: Akbar To‘rayev, Otabek Zokirov.
Xitoyning Anzur Ismoilov to‘p tepayotgan klubiga qarshi bahsning esa 55-daqiqasida Mirzohid G‘ofurov tomonidan urilgan gol “Bunyodkor”ga g‘alaba keltirdi. Ismoilov maydonda to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa, “Bunyodkor” Antaliya yig‘ini doirasida rejalashtirilgan barcha nazorat uchrashuvlarini o‘tkazib bo‘ldi.
“Bunyodkor” — “Chanchun Yatai” (Xitoy): 1:0
Gol: Mirzohid G‘ofurov 55
“Bunyodkor”: Akbar To‘rayev, Ivan Miloshevich, Artyom Filiposyan, Akmal Shorahmedov, Mirzohid G‘ofurov, Samir Bekrich, Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Akrom Komilov, Vohid Shodiyev.
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov, Obid Jo‘raboyev.
Izoh (0)