Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov Birmingem (Angliya) shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibiga aylandi, deb xabar bermoqda Olamsport.
“1st 4NCL Congress: Open” turnirida to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz besh imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi. To‘rt ochko to‘plagan angliyalik Mark Ebden ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra (3,5 ochko) yana bir ingliz shaxmatchisi Daniel Gormalli yakun yasadi.
Izoh (0)