Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ayollar o‘rtasidagi Olimpiada saralash o‘yinlarida ishlaydigan rasmiylar nomini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Ta’kidlash lozim, mazkur o‘yinlarni boshqarib borish uchun ikki nafar o‘zbekistonlik hakam OFKdan taklif oldi. Unga ko‘ra, FIFA referisi Anna Sidorova hamda FIFA laynsmeni Zilola Rahmatova Xitoy Taypeyi mezbonlik qiladigan Olimpiada — 2016 1-saralash bosqichi “C” guruhi bahslarida ishlaydi.
Saralashning mazkur guruh o‘yinlari 20—24-mart kunlari bo‘lib o‘tadi va unda mezbon — Xitoy Taypeyi, Eron hamda Laos ayollar terma jamoalari bahs olib boradi.
Izoh (0)