AQSh Ukrainada islohotlar o‘tkazilgan taqdirda Kiyevga 1 milliard dollarlik kredit berilishini kafolatlaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri Kiyevda bo‘lib o‘tgan Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Biz Ukrainada iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun, shuningdek, hukumatning eng muhim ehtiyojlarini qondirish uchun 1 milliard dollarlik kredit berilishini kafolatlaymiz. Islohotlar davom ettirilsa joriy yilda yana 1 milliard dollarlik kreditni kafolatlashga tayyormiz”, − dedi Kerri.
Bundan tashqari, AQSh Donbassdagi ehtiyojlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 16 million dollarlik yordam taqdim etgan. Shuningdek, Kerri Xalqaro valyuta fondi ham kredit ajratishi mumkinligiga ishora qilgan.
Izoh (0)