Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2015-yilda O‘zbekistondan gaz sotib olish hajmini to‘rt martadan ko‘proqqa qisqartiradi. Bu haqda kompaniya boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksandr Medvedev Gonkongda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.

Foto: sabah.com

Foto: sabah.com

“Turkmaniston bilan bu yilgi shartnoma 10 milliard kubometrdan 4 milliardga qisqartirildi. Bu bizning umumiy qarorimiz. O‘zbekistondan ham shimoliy yo‘nalishda gazni keyinchalik tranzit qilish va bozorlarga taqsimlash uchun faqatgina 1 milliard kubometr qoladi. Ya’ni to‘rt baravardan ko‘proq qisqaradi. Qisqartirilgan 6 va 3,5 (milliard) − jami qariyb 10 milliard kubometr Rossiya gazi bilan almashtiriladi”, − dedi Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hozirda tabiiy gazni Rossiya va Xitoyga eksport qiladi. Ekspertlarning fikricha, “Gazprom” O‘zbekistondan sotib olingan gazni Qozog‘iston va Qirg‘iziston bozorlariga taqsimlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi