Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2015-yilda O‘zbekistondan gaz sotib olish hajmini to‘rt martadan ko‘proqqa qisqartiradi. Bu haqda kompaniya boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksandr Medvedev Gonkongda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Turkmaniston bilan bu yilgi shartnoma 10 milliard kubometrdan 4 milliardga qisqartirildi. Bu bizning umumiy qarorimiz. O‘zbekistondan ham shimoliy yo‘nalishda gazni keyinchalik tranzit qilish va bozorlarga taqsimlash uchun faqatgina 1 milliard kubometr qoladi. Ya’ni to‘rt baravardan ko‘proq qisqaradi. Qisqartirilgan 6 va 3,5 (milliard) − jami qariyb 10 milliard kubometr Rossiya gazi bilan almashtiriladi”, − dedi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hozirda tabiiy gazni Rossiya va Xitoyga eksport qiladi. Ekspertlarning fikricha, “Gazprom” O‘zbekistondan sotib olingan gazni Qozog‘iston va Qirg‘iziston bozorlariga taqsimlaydi.
Izoh (0)