Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShlik aka-ukalar ultrabinafsha nurlanishdan foydalanib, telefonlarni tozalovchi PhoneSoap qurilmasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”. Unga sarmoyadorlar qiziqish bildirib, allaqachon 300 ming dollar investitsiya ajratdi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Quticha shaklidaga gadjet ichida ikkita lampa bo‘lib, ular mikroorganizmlarni qiruvchi UV-C qisqa to‘lqinlarini ajratadi. Yaratuvchilar so‘zlariga ko‘ra, bu smartfonga o‘rnashib oladigan bakteriyalarning 99,9 foizini yo‘qotish imkonini beradi. Buning uchun smartfonni quti ichiga joylash kifoya.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

“Smartfonlar uchun vanna”ning yagona kamchiligi uning hajmi bo‘lib qolmoqda. Gap shundaki, unga uzunligi 153 millimetrdan oshmaydigan qurilmalar sig‘adi, bugungi kundagi planshetofonlarning ko‘pchiligi esa bu uzunlikdan oshib ketgan.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

PhoneSoap sotuvda mavjud, biroq u hozircha faqat buyurtma asosida chiqariladi va kichik hududda sotiladi. Uni 59,95 dollarga xarid qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi