Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Malayziya saytida yangi Samsung Galaxy J1 smartfoni paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Qurilma, avvalroq u haqda internetga chiqib ketgan ma’lumotlar bilan to‘liq mos tushadi. Chunonchi, u 800×480 piksel 4,3 dyuymli ekran, 1,2 GGs ikki yadroli protsessor, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotira bilan jihozlangan. Asosiy kamerasi 5, old kamerasi 2 megapiksellidir.
Smartfonga bir yo‘la ikkita SIM-karta o‘rnatish mumkin. U ancha ixcham bo‘lib, o‘lchamlari 129×68,2×8,9 mm, og‘irligi 130 grammga teng. Batareyasi sig‘imi 1850 mA/s ni tashkil etadi.
Galaxy J1 tashqi qiyofasi jihatidan kompaniyaning bundan avvalgi smartfonlari, xususan Galaxy S flagman lineykasi modellari bilan juda o‘xshash.
Izoh (0)