Shvetsiyaning yuqori texnologiyalarga ixtisoslashgan kompaniyasi o‘z xodimlariga mikrochiplar o‘rnatdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Guruch donasi kattaligidagi mayda RFID (radio-frequency identification) chipi oddiy qo‘l harakati bilan ofisga ruxsatnomasiz kirish, kserokopiya qurilmalaridan foydalanish, oshxonada tushlik uchun pul to‘lash imkonini beradi.
Yana 700 ishchi bunday chipni o‘z terisi ostiga kiritish istagini bildirdi, biroq ular biroz kutishiga to‘g‘ri keladi. Ofis markazining rasmiy ochilish kunida kompaniya dirktori ham bunday chipni o‘ziga o‘rnattirdi.
Izoh (0)