Qoraqalpog‘istonlik olimlar polietilen qoplar utilizatsiyasining arzonroq va foydaliroq yo‘lini taklif qildi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Polietilen qoplar utilizatsiyasi barcha mamlakatlar va shaharlar uchun eng dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Bunday qoplar chirishi uchun bir necha yuz yil talab qilinadi. Shuningdek, polietilen qoplar o‘zidan zararli moddalar ajratib chiqaradi. Xususan, polietilen qoplar yoqilganda sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan toksinlar ajralib chiqadi.
Bu muammolar qoraqalpoq olimlarini polietilen qoplarni asfalt tarkibiga qo‘shib, ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanishga undadi.
Olinadigan ikkilamchi xomashyo trotuar toshtaxtalari hamda asfalt uchun samarali va arzon qo‘shimcha hisoblanadi.
Laboratoriya sinovlari tadqiqotchilar taxmini to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi hamda sarf qilinadigan bitum (neftdan olinadigan smolaga o‘xshash modda) miqdorini kamaytiruvchi texnologiyalarning tejamkor ekanligini isbotladi.
Izoh (0)