Qashqadaryodan bo‘lgan fuqaro poytaxtdagi O‘zbekiston Davlat sirki binosining orqa tomonida surxondaryolik fuqaroni urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Qashqadaryolik shaxs surxondaryolik fuqaroning Samsung uyali telefonini tortib olib qo‘yayotganida mazkur hududda xizmat o‘tayotgan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. Hozirda talonchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)