Firibgarlik jinoyati sodir etib, qo‘lga olingan bir guruh shaxslar ishi yuzasidan O‘zbekiston IIV Tergov bosh boshqarmasi tomonidan tergov harakatlarini olib borilmoqda. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.
Ular o‘nlab fuqarolarning ishonchiga kirib, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi avtosalondan xohlagan rusumdagi mashinani navbatsiz va o‘z narxida olib berishni va’da qilib, millionlab so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar.
“Quyida suratlari e’lon qilinayotgan shaxslarning (yuqorida keltirilgan) aldoviga uchib, jabr ko‘rganlardan Tergov bosh boshqarmasiga (0-371) 231-30-97, 233-65-34 telefonlari orqali murojaat etishlarini so‘raymiz”, – deyiladi gazetada berilgan e’londa.
Izoh (0)