2015-yilning 24-yanvar kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Hay’atining 2014-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qo‘mitaning axborot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda qayd etilganidek, mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida dasturchilarning Milliy reyestri tuzilib, unga 69 mahalliy kompaniya kiritilgan. “Software.uz” katalogiga 1600 mahalliy dasturiy mahsulotlar kiritildi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqarishni rivojlantirish, bunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot jabhalari, aholi turmush tarzida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ilg‘or tajribalar asosida muvaffaqiyatli joriy qilish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, sifatli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida, AKT sohasida jahonning yetakchi muassasalari bilan hamkorlikda LG CNS Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Izoh (0)