“Kordoba” bilan o‘yinda raqib futbolchisining yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan Krishtianu Ronaldu 4 o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinning 82-daqiqasida hakam Ronalduga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Jarima zarbasi o‘yinga kiritilganidan so‘ng Ronalduning oyog‘idan borgan to‘pni darvozabon egallab oldi. Krishtianu esa yonida turgan himoyachining yuziga urdi. Shundan so‘ng u boshqa himoyachining yuziga turtdi.
“Real” ushbu o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 48 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Ronaldu esa 28 ochko bilan La liga to‘purarlari orasida karvonboshi bo‘lib turibdi.
Izoh (0)