Toshkent shahar Mirobod tuman sudi o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, odamlardan pul undirgan ayolni javobgarlikka tortdi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Firibgar ayol bir fuqaroning o‘g‘lini Toshkentdagi kasb-hunar kollejlaridan biriga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 2200 AQSh dollari miqdorida pul olgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, aldanganini tushungan fuqaro tegishli idoralarga murojaat qilgan.
Tergov-surishtiruv ishlarining natijasida ma’lum bo‘lishicha, firibgar ayol bir necha yildan buyon shu yo‘l bilan odamlardan pul undirishni odat qilgan. Aldangan fuqaro uning so‘nggi “qurbon”iga aylandi.
Izoh (0)