Angliya futbol assotsiatsiyasi “Nyukasl”ning ko‘zi ojiz muxlisiga yordamchi murabbiy litsenziyasini topshirdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Bundan 10 yil muqaddam glaukoma oqibatida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan Pol Mateson “Nyukasl” fondining maxsus kurslaridan o‘tdi. 47 yoshli mutaxassis beg‘araz asosda bolalar jamoalari bilan ishlaydi.
“Ko‘rmay qolgach, futbol o‘ynamay qo‘ydim. Bunday vaziyatda nima bilan shug‘ullanishni ham bilmay qolasan. Hayotni katta lazzatidan mahrum bo‘lganday tuyuldi. Boshida chamalashlarim yaxshi emas edi, menga to‘p kelguncha qotib turaverardim, bir necha haftadan so‘ng to‘p ortidan yuguradigan bo‘ldim. Kimga qanday bilmadim, ammo men uchun futbol katta ahamiyatga ega”, — dedi Mateson.
Izoh (0)