Avstraliyda davom etayotgan Osiyo kubogi musobaqasining ilk chorak finalida O’zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi.
O‘yinning asosiy vaqtida ikkala jamoa ham ko‘plab hujumlar uyushtirganiga qaramay hisob ochilmadi. Shundan keyin hakam 15 daqiqadan ikkita qo‘shimcha taym belgiladi. Birinchi ekstra-taym so‘ngida “Bayer” futbolchisi Xon Syon Min hisobni ochdi. Shundan keyin vakillarimiz uyshtirgan hujumlarning barchasi samarasiz yakunlandi. Ikkinchi ekstra-taym yakunida Cha Du Ri qarshi hujumga o‘tib Son Xyon Minni to‘p bilan ta’minladi, koreys hujumchisi dublni nishonladi.
Afsuski, O‘zbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini chorak finalda yakunladi. Lekin futbolchilarimiz aslida bundan uzoqroqqa bora olishlari mumkinligini ko‘rsatdi.