O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yindan oldingi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”. Melburn shahrining “Lakeside” stadionida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot chog‘ida jarohat olgan Islom To‘xtaxo‘jayevdan tashqari barcha futbolchilar ishtirok etishdi.
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin, terma jamoa delegatsiyasining rahbariyati, O‘zbekiston futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, Respublika Prezidenti tomonidan senatorlik lavozimiga qayta tayinlanganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. O‘z navbatida, futbolchilar delegatsiya rahbarlarini ular nomidan Mirabror Usmonovni tabriklab qo‘yishni so‘rashdi.
Mashg‘ulotning o‘ziga keladigan bo‘lsak, bir soatdan ortiq davom etgan mashg‘ulot chog‘ida, terma jamoa futbolchilari murabbiylar ko‘rsatmalarini aniq bajarishga harakat qilishdi. Yakuniy qismda esa, futbolchilar penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko‘rishdi.
Izoh (0)