Fransiyaning Ero departamentida besh nafar rossiyalik terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinib qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qo‘lga olingan shaxslarning yoshi 24 dan 37 gacha bo‘lib, ularning kelib chiqishi Shimoliy Kavkazga borib taqaladi.
Qayd etilishicha, keyinroq rossiyaliklar qo‘lga olingan Bezye shahridagi stadion yaqinidan portlovchi uskuna topilgan. Ushbu topilma va qo‘lga olingan rossiyaliklar orasida aloqa bor yoki yo‘qligi ma’lum emas.
Izoh (0)