Vyetnam xalq sudi so‘nggi yilda narkotiklar kontrabandasi bilan bog‘liq eng yirik ish bo‘yicha sakkiz kishini o‘lim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Sud jami 25 kishini javobgarlikka tortdi, ulardan 17 nafari 6 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Sudlanuvchilar giyohvand moddalar kontrabandasidan tashqari noqonuniy qurol saqlash, qotillik va amaldorlarga pora berish jinoyatlarida ayblangan.
Ayblov materiallariga ko‘ra, jinoyatchilar Laosdan Vyetnamga narkotik tashishni yo‘lga qo‘ygan guruh tarkibiga kirgan. Bir necha yil ichida ular Vyetnam hududiga 180 kilogrammdan ortiq turli narkotik moddalarni olib kirgan.
Izoh (0)