11-yanvar kuni “Miss Isroil” unvoni sohibasi Doron Matalon o‘zining Instagram’dagi sahifasida “Miss Livan” Seli Grig, shuningdek Yaponiya va Sloveniya vakilalari ishtirokidagi selfini chop etdi, deb xabar bermoqda Tjournal.
Fotosurat 25-yanvar kuni Mayamida bo‘lib o‘tadigan “Miss Koinot” tanloviga tayyorgarlik jarayonida tushirilgan. Livanning Al Jadeed telekanali Grigning xobbilari orasida mutolaa borligini ko‘rsatib, qizga “Isroil va Livan dushmanlar ekanligi haqida o‘qish”ni tavsiya qilgan.
Livanlik qiz o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali kechirim so‘rab, Isroil vakilasi bilan uchrashishdan qochishga harakat qilganini ta’kidlagan. Biroq Matalon Yaponiya va Sloveniya vakilalari bilan suratga tushayotganda, Grig ham ularga qo‘shilgan. Isroillik qiz esa kechirim so‘rab o‘tirmagan, aksincha, mamlakatlar orasidagi dushmanlik hech bo‘lmasa shunday tanlovlarga ta’sir qilmasligi lozimligini ta’kidlagan.
Vaziyatni noziklashtirgan yana bir sabab – “Miss Isroil” o‘z mamlakati armiyasida ikki yillik harbiy xizmatni o‘tagani tufayli Livan bilan mojaroga bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)