Xitoy hamda O‘zbekiston terma jamoalari uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida dastlab O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Matbuot anjumani avvalida Qosimov Xitoy terma jamoasini g‘alaba bilan tabrikladi va gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatlarda jamoa xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi.
− Issiq havo futbolchilarga ta’sir ko‘rsatdimi?
− Albatta, havoning namligi bizga ham, Xitoyga ham ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylayman.
− Raqibni mensimaslik holati kuzatilgandek bo‘ldi? Balki g‘alabaga shu narsa ta’sir qilgandek bo‘ldimi?
− Yo‘q. Bunday holat futbolchilarda yo‘q edi. Xitoyning kuchli jamoa ekanini bilamiz va bu jamoani hurmat qilamiz.
− Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda endi sizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Bu holatga qanday qaraysiz?
− Bugungi o‘yinda barchasini hal qilishimiz kerak edi. Ha, endi so‘nggi turda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
− O‘zbekiston chempionatida yaxshi mavsum o‘tkazgan bir qator futbolchilar, jumladan Suyuunov, Muhammadiyev, Iskanderov va Rashidov kabi futbolchilarni asosiy tarkibda qachon ko‘ramiz. Yoki ular hali tayyor emasmi?
− Tarkibimizdagi barcha futbolchilar asosiy tarkibga tortadi. KXDRga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondik va shuning uchun bugun ham asosiy tarkibda o‘sha o‘yinda maydonga tarkibni tushirishga qaror qildim.
Izoh (0)