Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi harbiylashtirilgan qismi o‘t o‘chiruvchisi Bahrom Ergashev vafotidan so‘ng “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Bahrom Ergashev 2014-yilning 8-oktabrga o‘tar kechasi Toshkentdagi temir yo‘l bojxona omborida yuz bergan yong‘inni o‘chirish vaqtida halok bo‘lgan edi.
O‘t o‘chiruvchining ism-sharifi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mukofotlanadigan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Olovni o‘chirish vaqtida Bahrom Ergashevning ustiga bostirma tushib ketgan va u vayronalar ostida qolib ketgan. Hamkasblarida Ergashevni qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan. 27 yoshli o‘t o‘chiruvchining ikki nafar farzand qolgandi.
Izoh (0)