Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

12-yanvar kuni AQShning Kaliforniya shtati Beverli Xillz shahrida “Oltin globus” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda NBC telekanali.

Foto: 1tv.ru

Foto: 1tv.ru

Asosiy — “Eng yaxshi dramatik film” yo‘nalishi bo‘yicha “O‘spirinlik” (Boyhood) filmi g‘olib bo‘ldi. Richard Linkleyter shu kartinasi uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi yo‘nalishida mukofot oldi.

“Hali-hamon Elis” (Still Alice) filmidagi roli uchun Julianna Mur eng yaxshi dramatik aktrisa; “Stiven Xoking olami” (The Theory of Everything) kartinasidagi ijrosi uchun esa Eddi Redmeyn eng yaxshi aktyor deb tan olindi.

“Eng yaxshi komediya aktyori” yo‘nalishida “Byordmen” (Birdman) filmida o‘ynagan Maykl Kiton g‘olib bo‘ldi. Ushbu kinolenta ssenariysi mualliflari ham mukofot sovrindoriga aylandi. “Katta ko‘zlar” (Big Eyes) kartinasidagi ijrosi Emi Adamsga eng yaxshi komediya aktrisasi nomini olib keldi. “‘Grand Budapesht’ mehmonxonasi” (The Grand Budapest Hotel) esa eng yaxshi komediyali film bo‘ldi.

Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyorlar “O‘spirinlik” (Boyhood) filmida o‘ynagan Patrisiya Arkett va “Shaydolik” (Whiplash) kartinasida rol ijro etgan Jey Key Simmons bo‘ldi.

“Ajdarni qo‘lga o‘rgatish sirlari 2” (How To Train Your Dragon 2) lentasi eng yaxshi animatsion film deb e’tirof etildi.

“Xorijiy tildagi eng yaxshi film” yo‘nalishida rossiyalik Andrey Zvyaginsevning “Leviafan” kartinasi “Oltin globus”ga loyiq deb topildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi