O‘zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullayev Avstraliyadagi Osiyo Kubogida ishlamoqda. Bu haqda “Olamsport.com” xabar beradi.
Abdullayev 11-yanvar kuni Kanberra shahrida bo‘lib o‘tgan BAA — Qatar uchrashuvida nazoratchilik qilgan va o‘sha o‘yinda BAA 4:1 hisobida zafar quchgandi.
Abdullayev ayni damda Kanberra shahrida bo‘lib o‘tayotgan Quvayt va Janubiy Koreya o‘rtasidagi bahsda ham ishlamoqda. Aytib o‘tish joiz, bu uchrashuv mutaxassisning Osiyo Kubogidagi hozircha ikkinchi o‘yinidir.
Izoh (0)