Osiyo kubogi−2015 musobaqasining “D” guruhida Yaponiya - Falastin terma jamoalari o‘rtasida 1-tur uchrashuvida nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Uchrashuvda Osiyo chempionlari Osiyo chaqiruv kubogi g‘oliblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadilar. 8-daqiqada Endo uzoq masofadan zarba berib, hisobni ochdi. Shundan so‘ng ham yaponlar hujum qilishda davom etdilar. 25-daqiqada Kagava jarima maydoni chizig‘i oldida kuchli zarba berdi, darvozaga to‘g‘ri borishi gumon bo‘lgan to‘pni Okazaki ajoyib reaksiya ko‘rsatib boshi bilan burib yubordi va golga aylantirdi.
Shundan so‘ng falastinliklar biroz bo‘shashdilar, yaponlarga qarshi qarshilik ko‘rsata olmaydigandek taassurotlar qoldirdilar. 44-daqiqada Xonda penaltida gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi - 3:0.
Ikkinchi bo‘limning boshida, aniqrog‘i 49-daqiada Kagava yana bir golga hammualliflik qildi. Yarim himoyachining chap qanotdan uzatgan to‘pini Yoshida darovzaga joyladi.
Osiyo kubogi. “D” guruhi
Yaponiya - Falastin 4:0 (3:0)
Gollar: Endo (8), Okazaki (25), Honda (44, pen), Yoshida (49)
Yaponiya: Kavashima, Sakai, Yoshida, Morishige, Nagomoto , Endo, Hasebe, Xonda, Kagava, Inui,Okazaki.
Falastin: Solih, Mahajna, Al Bahdariy, Battat, Jobir, Said, Abuhammad, Al Amour, Dhadha, Abuhabib, Nu’mon.
Izoh (0)