Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov rossiyalik jurnalistlarning Osiyo kubogi haqidagi savollariga javob berdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

Denisov O‘zbekiston terma jamoasi maqsadi finalga qadar yetib borish ekanini ta’kidladi.

“Jiddiy vazifa bo‘lmaganda, bu yerga kelmagan bo‘lardik. Bizning maqsadimiz — finalgacha yetib borish. Shuning uchun ham barcha raqiblarga maksimal mas’uliyat bilan qaraymiz. Axir bunday musobaqalarda har qanday xato qimmatga tushishi mumkin”, — dedi Denisov.

Vitaliy, shuningdek, KXDR ustidan qozonilgan g‘alaba haqida ham gapirib o‘tdi.

“Raqib oxirigacha kurashdi. 93-daqiqada ular burchak to‘pi tepdi, biz ikkinchi qavatda imkoniyatni boy berdik. Yaxshiyamki, bu vaziyatda darvozabonimiz Ignatiy Nesterov tayyor turgan edi. U jamoani so‘nggi soniyalarda durangdan saqlab qoldi.

Nima bo‘lganda ham, biz g‘alaba qozondik, endi Xitoy bilan o‘yinda keyingi bosqich masalasini hal qilishimiz lozim”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi