BAAda yig‘in o‘tkazayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi kecha, 10-yanvar kuni “Al Shabob” klubiga qarshi maydonga tushdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Toshkent klubi rasmiy tvitterida yozilishicha, ushbu uchrashuv 5:0 hisobida “qaldirg‘ochlar” foydasiga hal bo‘lgan. Gollarni Temur Ayupov, (11), Anvar Berdiyev (23), Otabek Shomurodov (56, 78) va Mirzohid G‘afurov (84) kiritgan.
Ma’lumot uchun, “Al Shabob” klubi tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Azizbek Haydarov to‘p suradi. Aziz Osiyo kubogida ishtirok etayotgani bois kechagi uchrashuvda maydonga tushmadi.
Izoh (0)