AQSh va Janubiy Koreya birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan voz kechsa, KXDR yadro sinovlarini bekor qilishi mumkin. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib “Vzglyad.ru” xabar berdi.
KXDR rahbariyati buni Koreya yarimorolida tinchlik muhitini ta’minlash uchun muhim chora deb atagan. Shuningdek, AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarining bekor qilinishi keskinlikning yumshashiga olib kelishi ta’kidlangan.
Bayonotda aytilishicha, AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma yig‘inlari Koreya yarimorolidagi keskinlikni chuqurlashtirib, atom urushi xavfini olib keluvchi balolarga sabab bo‘lishi mumkin. Ular bekor qilinsa, KXDR yadro sinovlarini to‘xtatishi mumkin va bu masalada istalgan vaqtda muzokaralarga kirishishga tayyor.
Izoh (0)