Osiyo kubogi-2015 “B” guruhidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”. Xitoy terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi — 1:0.
Birinchi bo‘limda o‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Jamoalar imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa saudiyaliklar hujumkorlikni oshirishdi, ketma-ket hujumlar tashkil qilishdi. O‘yinning 62-daqiqasida eronlik hakam Alirizo Fag‘oniy Xitoy darvozasiga biroz shubhali penalti belgiladi. Ammo Hazzoziy tomonidan yo‘llangan zarbani darvozabon oyoqlari bilan qaytardi.
Uchrashuv tugashiga 10 daqiqa qolganida Xitoy termasi o‘ng qanotda jarima zarbasini ishlashdi. Yu Xay tomonidan yo‘llangan zarbani Saudiya darvozaboni bartaraf eta olmadi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi.
Shu tariqa, dastlabki turdan keyin O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari 3 ochkodan jamg‘arib, peshqadamlikni o‘z qo‘llariga olishdi.
Osiyo kubogi-2015. “B” guruhi, 1-tur
Saudiya Arabistoni – Xitoy 1:0
Gol: Yu Xay (80)
Noaniq penalti: Hazzoziy (62, darvozabon)
Izoh (0)