FIFA milliy terma jamoalarning dekabr oyi uchun yangi reytingini ma’lum qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘tgan oyga nisbatan uch pog‘ona yuqorilashga va 71-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Umumiy reytingda hamon Germaniya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rin Argentina terma jamoasiga tegishli bo‘lib turibdi. Uchinchi o‘rinda esa Kolumbiya terma jamoasi bormoqda.
Osiyo qit’asi bo‘yicha Eron terma jamoasi hamon peshqadamlik qilib kelmoqda. Eronliklar 51-o‘rinni band qilgan. Shuningdek, Yaponiya terma jamoasi 54 va Janubiy Koreya 69-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’ada to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.
Milliy terma jamoalarning dekabr oyi uchun yangi reytingi:
1. Germaniya — 17252. Argentina — 15383. Kolumbiya — 14504. Belgiya — 14175. Niderlandiya — 13746. Braziliya — 13167. Portugaliya — 11608. Fransiya — 11609. Ispaniya — 114210. Urugvay — 1135
OFK bo‘yicha
51. Eron — 588...54. Yaponiya — 563......69. Janubiy Koreya — 487......71. O‘zbekiston — 464...80. BAA — 408......92. Qatar — 34793. Ummon — 34693. Iordaniya — 346......96. Xitoy — 339......100. Avstraliya — 329
Izoh (0)