“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu klub bosh murabbiyi Luis Enrike bilan kelishmovchilik tufayli argentinalik yulduz Lionel Messi jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Goal.com.
“Men klub atrofidagi turli mish-mishlarni rad etish uchun har kuni ham vaqt ajratolmayman. Lionel Messining shartnomasi bor, u klubda baxtli va yana sovrinlar yutishni istaydi. Bu haqda vahima ko‘tarishga hojat yo‘q.
Messi − jamoamiz yetkachisi. U bizning eng yaxshi o‘yinchimiz va uning xizmatlaridan foydalanishda davom etamiz. Futbol bilan bog‘liq hamma ‘Barselona’ Messini sotmasligini biladi”, − dedi Bartomeu.
Izoh (0)